Toşkentda havo sifati özgarişi mumkin
2026-10-25 18:30:00 / Yangiliklar
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. 25-oktabrdan 26-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar ta’sirida havo sifati özgarişi mumkin. Prognozlarga köra, keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “noqulay” darajaga yetişi mumkin. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa havo sifati “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda.
Tungi va ertalabki muddatlarda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada yer yuzasiga yaqin qatlamda PM2.5 va PM10 zarraçalari töplanib, ularning miqdori ortişi mumkin.
