Toşkentda atmosfera havosi sifati monitoringi davom etmoqda
2026-10-25 12:50:00 / Yangiliklar
Xususan, 24-oktabrdan 25-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar ta’sirida havo sifati özgardi. Keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori keskin ortib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “noqulay”, keyinçalik esa “sezgir guruhlar uçun noqulay” darajada saqlanib qoldi. Milliy havo sifati indeksi böyiça şahar örtaça körsatkiçi PM2.5 böyiça “yaşil”, PM10 böyiça esa “sariq” darajada böldi.
Tunda havo haroratining keskin pasayişi va kuçsiz şamol atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini susaytirdi. Natijada PM2.5 va PM10 zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişi uçun qulay şaroit yuzaga keldi.
Meteosat sun’iy yöldoşi tasvirlariga köra, 25-oktabr soat 02:00 dan soat 08:00 gaça Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda havoda qisqa muddatli çang kuzatildi.
Tungi vaqt davomida Maxsus mobil laboratoriyada atmosfera havosi holatini instrumental ölçaş işlari amalga oşirildi. Kuzatuv punktlarining aksariyatida xalqaro AQI indeksi böyiça PM2.5 mayda dispers zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi “noqulay” va “juda noqulay” toifalariga mos kelişi qayd etildi.
