Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga doir reyd tadbirlari ötkazildi
2026-10-24 16:30:00 / Yangiliklar
Reyd davomida Toşkent viloyatidagi 46 ta issiqxona, jumladan, Toşkent tumanida 10 ta, Zangiota tumanida 9 ta, Yuqoriçirçiq tumanida 8 ta, Qibray tumanida 12 ta va Yangiyöl tumanida 7 ta issiqxonada ekologik monitoring amalga oşirildi.
Şuningdek, Toşkent şahar Ekologiya boşqarmasi xodimlari tomonidan Hasanboy mahallasi va Qibray tumanidagi 16 ta issiqxonada örganişlar olib borildi. Örganiş davomida "Hasanboy" mahallasida issiqxonalardan birida çang-gaz tozalaş uskunalarisiz kömir yoqib isitiş holati aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 95-moddasi bilan jarima qöllanilib, issiqxona faoliyati belgilangan tartib asosida töxtatilgan.
Şuningdek, Yunusobod tumanidagi “Maxsustrans işlab çiqariş boşqarmasi” davlat unitar korxonasi faoliyati örganilib, transport vositalari harakati natijasida hosil böladigan çangni bostiriş va atmosfera havosining ifloslanişiga yöl qöymaslik böyiça profilaktik işlar olib borildi. Qolaversa, hududdagi sobiq çiqindi poligonlari faoliyati ham közdan keçirildi. Bundan taşqari, Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari tomonidan Toşkent şahrining Yunusobod, Olmazor, Uçtepa va Mirzo Uluğbek tumanlarida atmosfera havosi holati kuzatildi.
Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 586-son qaroriga muvofiq, Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda atmosfera havosi sifatini yaxşilaş, issiqxonalarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiriş hamda zamonaviy, energiya tejamkor va kam emissiyali isitiş texnologiyalarini joriy etiş böyiça yangi talablar belgilandi. Qattiq yoqilğida işlayotgan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrga qadar belgilangan muqobil isitiş turlariga ötişi lozim. Qattiq yoqilğidan foydalanişga esa zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunalari, avtomatik emissiya monitoringi va onlayn kuzatuv tizimlari kabi ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilgan taqdirdagina ruxsat beriladi.
Qarorga köra, issiqxonalarni ekologik modernizatsiya qiliş davlat tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlanadi. 2028-yil 1-yanvarga qadar tegişli uskunalar va energiya samarador texnologiyalarni xarid qiliş xarajatlarining 50 foizigaça, har bir gektar uçun 50 million sömdan oşmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Şuningdek, muqobil isitiş tizimlariga ötiş loyihalari uçun tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar beriladi. Filtrlarda hosil böladigan xavfli suyuq çiqindilar va gidroponika oqavalarini qayta işlaş ham yölga qöyiladi. Uşbu çora-tadbirlarning asosiy maqsadi — tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, resurslardan samarali foydalaniş, ekologik mas’uliyatni oşiriş va aholi uçun toza havo muhitini ta’minlaşdir.
