Toşkentda meteorologik şaroitlar tufayli havo sifati özgardi
2026-10-24 11:20:00 / Yangiliklar
Tunda havo haroratining pasayişi, şamolning sustligi va yaqqol namoyon bölgan harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çekladi. Natijada yer yuzasiga yaqin havo qatlamida PM zarraçalarining töplanişi uçun qulay şaroit yuzaga keldi.
Meteosat sun’iy yöldoşi tasvirlariga köra, 23-oktabr soat 22:00 dan 24-oktabr soat 09:00 gaça Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda havoning qisqa muddatli çanglanişi kuzatildi.
Tungi soatlar davomida Maxsus komissiya sakkiz tumanda atmosfera havosi holatini instrumental usullar yordamida kuzatdi. Kuzatuv punktlarining aksariyatida xalqaro AQI indeksi böyiça PM2.5 mayda dispers zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi “nosoğlom” va “juda nosoğlom” toifalariga mos kelişi qayd etildi.
Prognozlarga köra, bugun kun davomida havo sifati xalqaro AQI indeksi böyiça asosan “mötadil”darajada, milliy indeks böyiça esa “sariq” darajada böladi. Keçga yaqin ayrim hududlarda havo sifati “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajagaça yomonlaşişi mumkin.
Bundan taşqari, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya), Ekologiya qömitasining “Ekologik monitoring milliy markazi” davlat muassasasi, Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi hamda Maxsus komissiya mutaxassislari tomonidan 23-oktabrdan 24-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahri Yunusobod tumani hududida atmosfera havosi sifati böyiça tungi instrumental kuzatuv işlari amalga oşirildi. Kuzatuv davomida mobil ekologik laboratoriya yordamida havodagi mayda dispers zarraçalar (PM2.5, PM10) va boşqa ifloslantiruvçi moddalar miqdori ölçandi.
Şuningdek, hududdagi korxonalar,taşkilotlar va boşqa ifloslaniş manbalarining atmosfera havosini muhofaza qilişga oid qonunçilik talablariga rioya etişi örganildi.
