Özbekiston va Qozoğiston “Toza havo” taşabbusi doirasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
2026-10-23 18:10:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi örinbosari I. Qutbiddinov boşçiligidagi delegatsiya tarkibidan Iqlim özgarişi milliy markazi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari örin oldi. Qozoğiston tomoniga ekologiya va tabiiy resurslar vaziri A. Kuantirov rahbarlik qildi.
Uçraşuv davomida tomonlar atmosfera havosini muhofaza qiliş sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, monitoring tizimini takomillaştiriş va transçegaraviy ifloslaniş manbalarini birgalikda örganiş istiqbollarini muhokama qildilar. Şuningdek, ikki davlatning bu boradagi sa’y-harakatlarini muvofiqlaştiriş mexanizmi sifatida “Toza havo” davlatlararo konsorsiumini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.
Iştirokçilar tomonidan 2026–2030-yillarga möljallangan qöşma çora-tadbirlar yöl xaritasini işlab çiqişni davom ettiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur hujjatda atmosfera havosi sifatini yaxşilaş böyiça kelişilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş, şuningdek, ikki davlatning tegişli idoralari örtasida monitoring ma’lumotlarini tezkor almaşiş tizimini yölga qöyiş nazarda tutilgan.
Erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, ekologik axborot almaşinuvi samaradorligini oşiriş va atmosfera havosining transçegaraviy ifloslanişi muammosini hal etişda özaro muvofiqlaştirilgan yondaşuvlarni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Özbekiston va Qozoğistonning “Toza havo” taşabbusi doirasidagi hamkorligi ekspertlar salohiyatini birlaştiriş hamda mintaqada qulay ekologik vaziyatni ta’minlaşga qaratilgan qöşma yeçimlarni işlab çiqişni közda tutadi.


