Toşkentda havo sifati qisqa muddatga özgarishi mumkin
2026-10-23 18:05:00 / Yangiliklar

Xususan, 24-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar ta’sirida havo sifati o‘zgarishi mumkin. Prognozlarga köra, keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “noqulay” darajaga yetişi kutilmoqda. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa havo sifati asosan “sariq” darajada bölişi ehtimoli bor.
Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada PM2.5 va PM10 zarraçalari yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib, ularning miqdori vaqtinça ortişi mumkin.
Tongdan boşlab inversiya zaiflaşişi bilan havo sifati asta-sekin yaxşilanişi kutilmoqda. Ertalabki soatlarda ayrim hududlarda havo sifati Xalqaro AQI böyiça “sezgir guruhlar uçun noqulay” darajada saqlanişi mumkin.
