Noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 41 million soʼm zarar yetkazishdi
2024-10-07 16:15:00 / Yangiliklar
Oʼrta Chirchiq tumani Oʼrtaboʼz mahallasida joylashgan Toshkent dengizi hududidagi reyd davomida S.Ch., I.N. va N.J. tomonidan suv omborida leskali toʼrlar bilan noqonuniy ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlandi.
O‘rganish davomida huquqbuzarlarning yonidan jami 116 dona, 42 kg boʼlgan oq sila, tovon baliq, zogʼora baliq hamda oq qayroq baliqlari topildi. Tabiatga 41 million soʼm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, reyd davomida topilgan 3 ta qayiq hamda 2 ming metrdan ziyod leskali toʼrlar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun Fuqarolik ishlari boʼyicha Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tuman sudiga yuboriladi.