Yangi qaror: qaysi tashkilot nima uchun mas'ul?
2026-10-23 10:00:00 / Yangiliklar

Kim nima uçun mas’ul?
1. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi
Asosiy vazifa — ekologik talablarga rioya etilişini ta’minlaş.
Belgilangan çora-tadbirlar doirasida Qömita ekologik nazoratni taşkil etiş, ifloslantiruvçi moddalar taşlamalarını monitoring qiliş va belgilangan me’yorlarga rioya etilişini ta’minlaydi. Şuningdek, issiqxona xöjaliklariga imtiyozli moliyalaştiriş mexanizmlarini taqdim etiş orqali avtomatlaştirilgan monitoring tizimlarini joriy etişga kömaklaşadi.
Atmosfera havosi ifloslanişini kamaytiriş va issiqxona xöjaliklarining atrof-muhitga ta’sirini nazorat qilişga alohida e’tibor qaratiladi.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Öz vakolati doirasida belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşirişning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari uçun mas’ul hisoblanadi.
Jumladan, vazirlik issiqxona xöjaliklarini modernizatsiya qilişni moliyaviy qöllab-quvvatlaş hamda qarorda nazarda tutilgan ekologik toza texnologiyalarga ötişni rağbatlantirişning iqtisodiy mexanizmlarini amalga oşiriş masalalarida iştirok etadi.
3. Energetika vazirligi
Issiqxona xöjaliklarini energiya bilan ta’minlaş va energiyadan foydalanişning yanada samarali hamda ekologik toza texnologiyalariga ötiş bilan boğliq çora-tadbirlarni amalga oşirişda iştirok etadi.
Muhim vazifalardan biri — energiya samaradorligini oşiriş va energetika jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiriş imkonini beruvçi yeçimlarni joriy etişga kömaklaşiş.
4. Toşkent şahri va Toşkent viloyati hokimliklari
Özlariga yuklatilgan vakolatlar doirasida joylardagi işlarni muvofiqlaştirişni ta’minlaydi.
Ularning vazifalariga issiqxona xöjaliklari bilan hamkorlik qiliş, tegişli hududlarda belgilangan çora-tadbirlar ijrosini taşkil etiş hamda Toşkent aglomeratsiyasida ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişda iştirok etiş kiradi.
5. Qişloq xöjaligi vazirligi
Issiqxona xöjaliklari faoliyati bilan boğliq masalalarni hal etişda iştirok etadi hamda issiqxona xöjaligini yuritiş talablari va şartlarini takomillaştiriş böyiça tegişli idoralar bilan hamkorlik qiladi.
Issiqxona xöjaliklari uçun qanday talablar belgilangan?
Qarorda issiqxonalarning atmosfera havosiga salbiy ta’sirini kamaytirişga qaratilgan aniq talablar belgilangan.
Jumladan:
— isitişning yanada ekologik toza texnologiyalariga ötiş;
— foydalaniladigan yoqilği va uskunalarga nisbatan belgilangan talablarga rioya qiliş;
— belgilangan hollarda çiqindilarni avtomatlaştirilgan monitoring qiliş tizimlarini joriy etiş;
— tutun gazlarini tozalaş tizimlarini örnatiş va ularning samaradorligini nazorat qiliş;
— belgilangan talablar va muddatlarni hisobga olgan holda issiqxona xöjaliklarini bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş.
Issiqxona xöjaliklarining ayrim toifalari uçun uskunalar quvvati, ularni joylaştiriş, çiqindilarni tozalaş hamda ekologik me’yorlarga rioya etilişini nazorat qiliş böyiça maxsus talablar ham nazarda tutilgan.
Bu aholi uçun nimani anglatadi?
Belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda atmosfera havosi ifloslanişini kamaytirişga qaratilgan.
Issiqxona xöjaliklarining ekologik toza texnologiyalarga ötişi zararli çiqindilar hajmini kamaytiriş, energiyadan foydalaniş samaradorligini oşiriş hamda xöjalik faoliyatining atrof-muhitga ta’siri ustidan nazoratni kuçaytiriş imkonini beradi.






