Yaşil maydonlarni köpaytiriş böyiça “Qaşqadaryo tajribasi” yölga qöyiladi
2026-10-22 15:00:00 / Yangiliklar
Xususan, yangi özlaştiriladigan hududlarda köp qavatli uylar, savdo va biznes markazlari hamda boşqa obyektlar “yaşil” va “aqlli” şahar tamoyillari asosida qurilişi belgilandi. Şuningdek, viloyatda köçat ekiş va yaşil maydonlarni köpaytiriş böyiça “Qaşqadaryo tajribasi” yölga qöyiladi. Har yili Navröz arafasida “Eng yaşil mahalla” tanlovi ötkazilib, ğoliblar elektromobil va boşqa qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.
Bundan taşqari, Qarşi tumani hududidan ötuvçi kanal böyida 235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasi qurilişi boşlanadi. Mirişkor tumanida 50 gektar maydonda bodom boği taşkil etiladi. Bahorda ijaraga berilgan yerlarning esa 8 ming gektarida intensiv boğlar barpo etiladi.
Uşbu taşabbuslar hududning ekologik qiyofasini yaxşilaş, yaşil maydonlarni kengaytiriş va aholi uçun yanada qulay yaşaş muhitini yaratişga xizmat qiladi.
