21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent havosida yana o‘zgarish kuzatiladi
2026-10-20 18:20:00 / Yangiliklar
Ayni damda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Xususan, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha” — “sezgir guruhlar uchun noqulay” darajada kuzatildi.

Prognozlarga ko‘ra, kechqurun atmosfera tarkibidagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori ortib, tunda va tongda havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “sezgir guruhlar uchun noqulay”, milliy indeks bo‘yicha esa “sariq” darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Tunda havo haroratining 9 °C atrofida pasayishi, kuchsiz shamol va kuchli harorat inversiyasi havo almashinuvini cheklaydi. Natijada ifloslantiruvchi moddalar yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planishi mumkin.
21-oktabr ertalab inversiya zaiflashishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanib, xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha” darajaga qaytishi prognoz qilinmoqda.
