Milliy havo sifati indeksiga ko‘ra, havo sifati “o‘rtacha” darajani ko’rsatmoqda
2026-10-17 17:30:00 / Yangiliklar
Hozirgi holatga so‘nggi kunlardagi quruq ob-havo, kuchsiz shamol va kuchli harorat inversiyasi sabab bo‘lmoqda. Inversiyaning kunduz ham saqlanishi ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini cheklab, yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planishiga olib kelmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, kechqurun ifloslanish ortib, tunda havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetishi mumkin. Milliy indeks bo‘yicha “o'rtacha” daraja saqlanishi kutilmoqda.
Kuchsiz shamol va harorat inversiyasi havo almashinuvini cheklab, PM2.5 va PM10 zarrachalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planishiga sharoit yaratmoqda.
Tongdan havo sifati asta-sekin yaxshilanib, xalqaro indeks bo‘yicha “sezgir guruhlar uchun noqulay” darajaga qaytishi kutilmoqda.
Atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
