Bugun kechqurun poytaxtda havo sifati yana o‘zgarishi kutilmoqda
2026-10-16 19:50:00 / Yangiliklar
Prognozlarga ko‘ra, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi bo‘yicha asosan “o‘rtacha”, tungi va tonggi soatlarda esa “sezgir guruhlar uchun noqulay” darajaga yetishi mumkin. Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha havo sifati asosan “yashil”, qisqa muddatlarda esa “sariq” darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Kuchsiz shamol va tunda shakllanadigan harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini cheklaydi. Natijada PM2.5 va PM10 zarrachalari yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib, ularning miqdori vaqtincha ortishi mumkin.
Kunduzi yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
