Toshkentda 15-oktabrga o‘tar kechasi havo sifati vaqtincha yomonlashdi
2026-10-15 11:05:00 / Yangiliklar

Tun davomida havo haroratining pasayishi, shamolning juda kuchsiz bo‘lishi va kuchli harorat inversiyasi mayda zarrachalarning yer sathiga yaqin qatlamda to‘planishiga sharoit yaratdi.
Shuningdek, atmosfera havosi sifatini joylarga chiqqan holda o‘rganish va monitoring qilish ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxtning Yunusobod, Mirobod, Olmazor, Yashnobod hamda Toshkent viloyatining Qibray tumani hududlari atrofida atmosfera havosi o‘rganildi.
Bu kabi holat hafta oxirigacha tunggi va ertalabki muddatlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.
Prognozga ko‘ra, kunduzgi vaqtlarda havo sifati asta-sekin yaxshilanib, xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha "o‘rtacha" darajaga tushadi. Kechga tomon PM zarrachalari miqdori biroz ortiq, "sezgir guruhlar uchun noqulay" darajaga o‘tishi mumkin. Kun davomida AQI qiymatlari 75–150 oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.


