Toshkentda havo sifatida qisqa muddatli o‘zgarish kuzatiladi
2026-10-14 18:50:00 / Yangiliklar
Global ob-havo modellari va O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, tunda havo harorati 11 °C gacha pasayishi, shamol tezligi esa 0,5–1,5 m/s atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bunday sharoitda yer yuzasiga yaqin havo qatlamining tez sovishi va yuqoridagi havo qatlamining nisbatan iliq bo'lishi natijasida harorat inversiyasi shakllanishi mumkin.
Kuchsiz shamol va inversiya yer yuzasi yaqinida havo almashinuvini susaytiradi. Natijada PM2.5 va PM10 zarrachalari yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib, ularning miqdori ungi va tonggi soatlarda vaqtincha ortishi mumkin.
Kunduzi yer yuzasi harorati isib inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta sekin yaxshilanishi kutilmoqda.
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
