Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning noyob manzaralari tasvirga olindi
2026-11-04 17:45:00 / Yangiliklar

Jumladan, Zomin milliy tabiat boği, Zomin davlat qöriqxonasi, Zarafşon milliy tabiat boği, Buxoro ixtisoslaştirilgan "Jayron" pitomnigi, Hisor davlat qöriqxonasi, Janubiy Ustyurt, Sudoçe-Akpetki, Saygaçiy va Surxon davlat qöriqxonasi hududlari, şuningdek, Nefrit köli hamda Orol dengizi manzaralari videotasvirga olindi.
Tasvirga oliş jarayonida har bir hududning öziga xos tabiiy manzaralari, hududga xos landşaftlar, suv havzalari, ösimlik qoplami va hayvonot dunyosiga oid mavjud körinişlarni aks ettirişga e’tibor qaratildi. Har bir hududdan 5–6 tadan foto va videomateriallar olindi. Jamlangan materiallar hududlarning tabiiy holatini aks ettiriş, ular haqida vizual ma’lumotlar tayyorlaş va keyinçalik foydalaniş uçun manba sifatida xizmat qiladi.
Olingan tasvirlar asosida virtual reallik (VR) formatidagi videomateriallarni tayyorlaş uçun zarur vizual kontent jamlandi. Mazkur materiallar orqali muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning öziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari va ekologik ahamiyatini zamonaviy vizual vositalar yordamida namoyiş etiş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, jamlangan foto va videomateriallardan ekologik-ma’rifiy tadbirlarda, taqdimotlarda, axborot materiallarini tayyorlaşda hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini keng yoritişda foydalaniş mumkin.
Amalga oşirilgan işlar natijasida yuqorida qayd etilgan hududlar böyiça foto va videomateriallar töplandi. Uşbu materiallar asosida VR videolarni tayyorlaş va ulardan tabiatni muhofaza qiliş, bioxilma-xillikni asraş hamda ekologik madaniyatni oşirişga qaratilgan axborot-ma’rifiy faoliyatda foydalaniş közda tutilgan.
