Atmosfera havosi doimiy monitoring qilib borilmoqda
2026-10-10 18:30:00 / Yangiliklar
Xususan, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) va “Ekologik monitoring milliy markazi” DM mutaxassislari tomonidan 9-oktabr soat 22:00 dan 00:00 gacha Toshkent shahrining Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlari hududlarida atmosfera havosi sifati bo‘yicha instrumental kuzatuv ishlari olib borildi.
Ma’lumot uchun, 11-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida noqulay meteorologik sharoitlar ta’sirida havo sifati qisqa muddatga o‘zgarishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, tungi va tonggi soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha, asosan, sezgir guruhlar uchun noqulay, milliy standart bo‘yicha esa “yaxshi” darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Global ob-havo modellari va O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, tunda kuchsiz shamol va inversiya atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini cheklashi, natijada havodagi PM2.5 va PM10 mayda zarrachalari yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib, ularning miqdori tungi va tonggi soatlarda vaqtincha ortishi mumkin. Kunduzi esa yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanadi. Shu sababli kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.
