Toshkentda 10-oktabrga o‘tar kechasi yuqori ifloslanish kuzatilmadi
2026-10-10 12:30:00 / Yangiliklar
9-oktabr kuni kechki soatlarda Toshkent shahrida atmosfera havosi xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha “O‘rtacha”, milliy standart bo‘yicha esa “Yashil” darajada bo‘ldi. Tun davomida havo sifati sezilarli yomonlashmadi va xalqaro AQI indeksi bo'yicha “O‘rtacha” darajadan oshmadi.
Tungi soatlarda havoning ifloslantiruvchi moddalarni tarqatish sharoiti nisbatan cheklangan bo‘ldi. Xususan, havo harorati soat 18:00 dagi 21,9 °C dan soat 05:00 da 12,1 °C gacha pasaydi. Shamol tezligi 0,4–2,0 m/s oralig‘ida bo‘ldi.
10-oktabr tonggi holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati barqaror bo‘lib, yuqori ifloslanish holati kuzatilmadi. Milliy standart bo‘yicha shahar o‘rtacha ko‘rsatkichi “Yashil” darajada saqlanmoqda.
Atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.
