Tayinlov
2026-10-09 18:30:00 / Yangiliklar
Unga ko‘ra, Hasanov Lazizbek Sharif o‘g‘li Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Ashurov Anvarjon Adhamovich Namangan viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Mirzarahimov Abdug‘ani Abduqahhorovich Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Lazizbek Hasanov 1993-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Ekologiya qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Anvarjon Ashurov 1988-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida viloyat Ekologiya boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Abdug‘ani Mirzarahimov 1968-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat universiteti, 2002-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Faoliyati davomida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
