Toshkentda 9-oktabrga o‘tar kechasi yuqori ifloslanish holati kuzatilmadi
2026-10-09 11:00:00 / Yangiliklar

Soat 20:00 dan keyin atmosfera tarkibida PM zarrachalari miqdori biroz ortib, kechasi va tonggi vaqtlarda «sezgir guruhlar uchun noqulay» daraja kengroq hududlarni qamrab oldi. Bu Milliy standartda "yashil" daraja hisoblanadi.
8-oktabr soat 17:00 dan 9-oktabr soat 10:00 gacha mavjud kuzatuvlar asosida shahar bo‘yicha PM2,5 mayda zarrachalarining o‘rtacha miqdori 37 mkg/m³, PM10 zarrachalarining o‘rtacha miqdori esa 82 mkg/m³ ni tashkil etdi. Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha davrning o‘rtacha ko‘rsatkichi 104 bo‘lib, "sezgir guruhlar uchun noqulay" darajaga mos keldi. Milliy indeksatsiya bo‘yicha PM2,5 ning o‘rtacha miqdori "yashil", PM10 esa "sariq" darajada qayd etildi.
Bu kabi holat hafta oxirigacha tunggi va ertalabki muddatlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, atmosfera havosi sifatini joylarga chiqqan holda o‘rganish va monitoring qilish ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxtning Sergeli tumanidagi “ALUTEX” MCHJ hamda “V.L. GALPERIN NOMIDAGI TOSHKENT TRUBA ZAVODI” MCHJ, shuningdek, Yangihayot tumanidagi “TRANS TEX BUTLASH” MCHJ hududlari atrofida atmosfera havosi o‘rganildi.
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

