“Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligiga start berildi
2026-10-07 11:00:00 / Yangiliklar

Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, maxsus texnikalar faoliyatini kuchaytirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish va ekologik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugunga qadar 229 dan ortiq texnika jalb qilinib, 139 ta MFY chiqindilardan tozalandi va jami 9090 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Andijon viloyatida esa 330 dan ortiq texnika jalb qilinib, 230 dan ortiq MFY jami Jami 23 671 tonna chiqindidan tozalandi. Samarqand viloyatida 440 dan ortiq texnika jalb qilinib, 319 ta MFY tozalandi hamda 23125 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Toshkent shahrida 261 ta texnika jalb qilinib, 228 ta MFY jami 47942 tonna chiqindidan tozalandi. Shuningdek, boshqa hududlarda ham tozalik-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Qolaversa, oylik doirasida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish uchun ko‘chat ekiladigan joylar aniqlanib, yer maydonlarini tayyorlanmoqda.
Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi uchun 10 million 597 ming tup ko‘chat va butalar zaxirasi yaratildi. Yashil hududlarda uzunligi 191 500 metr sug‘orish tizimlari mavjud. Bundan tashqari, Buxoro viloyati Vobkent tumanining Panob MFY hamda Jondor tumani hududlarida ko‘chat ekiladigan maydonlarda yer tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Jondor tumanida ko‘chatxona faoliyati o‘rganilib, ko‘chatlarni sug‘orish uchun quduq qazildi va ko‘chatlarni parvarishlash maqsadida mulchalash hamda kompostlash ishlari amalga oshirildi.
“Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
