Taqiqlangan vositalar yordamida baliq ovlash holati aniqlandi
2026-10-06 15:10:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Ellikqal’a tumani hududida fuqaro N.U.da 1 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan elektr qarmoq moslamasi, 4 dona leskali to‘r, 2 dona fonar, shuningdek, 37 dona sazan, 6 dona ilonbaliq va 3 dona laqqa baliqlar borligi aniqlandi. Shuningdek, huquqbuzar baliqlarni Ellikqal’a tumani hududidan oqib o‘tuvchi Aqcha daryo-kollektoridan belgilangan tartib va talablarga zid ravishda, taqiqlangan ovlash vositalari, jumladan, elektr qarmoq va leskali to‘rlardan foydalangan holda ovlaganligi ma'lum bo‘ldi. Natijada tabiatga katta miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Holatga huquqiy baho berish, tabiatga yetkazilgan zararni qoplash masalasini hal etish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan materiallarni prokuratura organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Nazorat-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
