“Orolbuyi” milliy tabiat bog‘i
2025-04-01 00:00:00 / Milliy tabiat bog‘lari

“Orolbuyi” milliy tabiat bog‘i 2019 yil tashkil etilgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida joylashgan. Umumiy maydoni 3165,95 tashkil etadi, shundan Qo‘rixona xududi 2317.86, Rekreasiya maydoni 488.72 ga va Xo‘jalik maqsadlari uchun 399,37 gektarni tashkil etadi.
Milliy tabiat bog‘i Dovutkul ko‘lining shimoliy-g‘arbida joylashgan, dengiz sathidan 55-65 m balandlikda, u eniga 1 km dan 1,5 km gacha, uzunligi 15 km ni tashkil etadi. Milliy tabiat bog‘i xududlari Bo‘zatov va Nukus tumani chagaralari bo‘ylab joylashgan.
Orolbuyi milliy tabiat bog‘ining asosiy maqsadi –tipik, noyob, qimmatli tabiiy ob'ektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologiya ma'rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
Tabiiy sharoiti: Orolbuyi milliy tabiat bog‘i xududining 2801,3 ga maydoni Turangazor, Jiyda, yulg‘unzor va butazorlardan iborat.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston iqlish sharoiti buyicha Turon iqlim sharoiti provinsiyasiga kiradi. Bu provinsiyaning xususiyatlari qish-bahor oylaridagi yog‘ingarchiliklarni davriyligi bilan ajralib turadi.
Iqlim keskin kontinental: Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarnig o‘rtacha temperaturasi
-5, iyulniki +32. Yiliga 110 mm dan ziyod yog‘in tushadi. Vegitasiya davri 90-100 kun. Amudariyo milliy tabiat bog‘ining g‘arb va shimoliy g‘arbidan 98 km masofada kesib o‘tadi. Milliy tabiat xududidagi shamol xarakati sezilarli ravishda farqlanadi. Ochiq xududlardagi shamol xarakatining past tezligi 1,5-2 m/sek bo‘lsa, o‘rtacha 10-12 m/sek va kuchli shamol 15-20 m/sek ni tashkil etadi. Qurg‘oqchilik davrlari yoz va kuzning boshlariga, yog‘ingarchilik mavsumi qish va bahorga to‘g‘ri keladi.
Florasi: “Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i” mutaxassislari tomonidan o‘simliklar dunyosining 102 tur aniqlangan.
Faunasi: “Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i hududida 85 turdagi umurtqali hayvonlar shundan 17 turdagi sudralib yuruvchilar, 52 turdagi qushlar va sut emizuvchilarning
16 turi aniqlangan.
Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ining amfibiyalari 2 turdan iborat. 17 turdagi sudralib yuruvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudralib yuruvchilar faunasining
56,1 foizini tashkil qiladi. Qizil kitobga kiritilgan 2 tur mavjud: bo‘z echkiemar (Varanus griseus D., 1803) va cho‘l toshbaqasi (Testudo horsfieldi (Gray, 1844). O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob qushlar 12 turni tashkil etadi.
Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahriga yaqin bo‘lganligi sababli tashrif buyuradigan mehmon va sayyohlar shahar markazidagi mehmonxonalardan foydalanishni maqo‘l ko‘radi.
Milliy tabiat bog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahridan 80-85 km masofada joylashgan
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, Erkindariyo OFY, raqamsiz uy.




