"Orolqum" milliy tabiat bog‘i
2025-04-01 00:00:00 / Milliy tabiat bog‘lari

Milliy tabiat bog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan bo‘lib, shimoliy-g‘arbda bo‘sh yer maydonlari, janubiy-g‘arbda Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlari, janubiy-sharqda Qazoqdaryo ov va o‘rmon xo‘jaligi yerlari va shimolda Qazog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh. Hududning Umumiy yer maydoni 1 000 000 ga, shundan, Qo‘riqlanma hududi 585 000 ga., Rekreasiya hududi 125 000 ga., Xo‘jalik maqsadida foydalanish uchun 290 000 ga.ni tashkil etadi.
Tabiiy sharoiti: Milliy tabiat bog‘i dengiz satxidan 25 m dan 50 m gacha balandlikda bo‘lib uning yuqori nuqtasi Vozrajdenie cho‘qqisi hisoblanadi, “Orolqum” milliy tabiat bog‘i hududida tosh, qum, shag‘al, loy va ohaktoshlardan hamda konglomerat (xilm-xil narsalarning tartibsiz, tasodifiy yig‘indisi, qorishmasi, quramasi) ya'ni tosh, qum, shag‘al va ohak, loy va h.q vositasidagi mahkam birikmasidan hosil bo‘lgan va hok. ni uchratish mumkin.
Florasi: Dengiz sathidan 25-50 m balandlikda saksaul, cherkez, qandim, yulg‘in, qamish, jing‘il va kam miqdorda sistanxe o‘simliklari uchraydi. “Orolqum” milliy tabiat bog‘ida 36 turdan ortiq o‘simlik turlari tarqalgan.
Faunasi: Orolqum milliy tabiat bog‘i hayvonot dunyosi juda xilma-xil hisoblanadi. Tabiat bog‘i hududida sutemizuvchilardan Sayg‘oq, Bo‘ri, Chiyabo‘ri, Tulki, Quyon, Yovvoyi cho‘chqa, qushlardan Boyo‘g‘li, Qora qarg‘a, Cho‘l toshsir chumchug‘i va Cho‘l to‘rg‘ayi, sudralib yuribchilardan ilon, toshboqa va kaltakesaklar singari hayvonlarni ko‘plab uchratiladi.
Ekoturizm maskanlari: Milliy tabiat bog‘i hududidagi 125 000 ga rekreasiya hududi tashkil qilib Orol dengizining qurigan tubida 700 m chuqurliktan chiqib turgan artezian suvini ko‘rish uchun mahalliy aholi va chet ellik mehmonlar tashrif buyuradi.
Hududga 80 km oraliqda mehmon uylari joylashgan. Milliy tabiat bog‘iga eng yaqin joylashgan aholi hududi “Uchsay” OFY hisoblanib, 40 km oraliqda joylashgan.
Milliy tabiat bog‘idan Mo‘ynoq tuman markazigacha masofa 60 kmni tashkil etadi.
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, “Do‘stlik” MFY, Pochta manzili Mo‘ynoq tumani, “Do‘stlik” MFY Mo‘ynoq ko‘chasi, 177 uy.


