"Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i
2025-04-01 00:00:00 / Milliy tabiat bog‘lari

Ustyurt G‘arbda-Mangishlak va qora-Bog‘az ko‘rfazida Orol dengizi va Sharqda Amudaryo deltasi o‘rtasida joylashgan plato.
Janubiy Ustyurt MTB umumiy maydoni 1 447 143 gektar bo‘lib, qo‘riqxona zonasi 934 584 gektar, rekreatsiya zonasi 69 515 gektar, xo‘jalik maqsadidagi zonasi
443 044 gektarni tashkil etadi.
Tabiiy sharoiti: Shorja va Shaxpaxta havzalarini bog‘laydigan platoning Janubiy-Sharkiy qismida Assake-audan va Sariqamish havzalari joylashgan. Bu yerda jarliklar, qirg‘oq chinklari mavjud. Chinklarning balandligi 250-300 m.gacha Ustyurt platosida loyli tekis joylar, keng quruq chukurliklar, qadimiy va hozirgi vaqtdagi suv oqimlarining quruq kanallari keng tarqalgan. Ustyurt hududi keskin kontinental iqlim hususiyatiga ega bo‘lib, qishi quruq sovuq, yozi esa issiq va quruq.
Sababi, u shimolda joylashgan bulib, tabiiy tusiklarning yukligi tufayli Arktika va Sibir sovuq xavo massalarining bemalol kirib kelishidir. Ustyurt cho‘li gips, sho‘r va qumli massivlardan iborat bo‘lib jigarrang yerlar, kulrang-jigarrang cho‘l tuproklari
va gipsonli yuvilgan tuproklar, taqirlar va tuzli botqoqliklardan iborat. Tabiat bog‘i Sariqamish ko‘li, Quruq ko‘l, Assake-Audan, Qoplonqir va Qulontaqir hududlarini o‘z ichiga oladi.
Florasi: soha mutaxassislari tomonidan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududida 34 ta o‘simlik turi aniqlangan.
Faunasi: “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududida umurtqali xayvonlarning 131 turi uchrashi, shundan, Sutemizuvchilarning 20 turi, Qushlarning 86 turi, Sudralib yuruvchilarning 9 turi, Suvda va quruqlikda yashovchilarning
1 turi va Baliqlarning 15 turi aniqlangan.
Shuningdek, noyob yovvoyi hayvonlarning 36 turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobga”ga kiritilgan.
Ekoturizm maskanlari:
«Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i Respublikamizning janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan bulib, Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikalari bilan chegaradosh xisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan. "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i Sariqamish ko‘li hududini o‘z ichiga oladi.
- Nukus shahridan – Qo‘ng‘irot tumaniga masofa – 110 km;
- Qo‘ng‘irot tumani – Qiriqqiz (Aqsholaq) posyolkasiga masofa – 70 km;
- Qiriqqiz (Aqsholaq) posyolkasi – Barsakelmes sho‘r ko‘liga masofa – 30 km;
- Barsakelmes sho‘r ko‘lidan – Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog‘iga (Sariqamish ko‘li) masofa - 80 km;
Tabiat bog‘i atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Eng yaqin aholi yashaydigan punkt ”Yelabad” va “Qiriqqiz” qishloq hududidan va 120 km oraliq masofadada joylashgan.
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani, O‘zbekiston ko‘chasi.
