O‘rmon xo‘jaligi hududida chorva mollari boqilganligi aniqlandi
2026-10-05 14:30:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Dehqonobod tuman bo‘limi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligining 6 ta bo‘limida chorva mollarini belgilangan tartibda boqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda o‘rmon fondi yer maydonlarida tegishli hujjatlarsiz jami 4137 bosh chorva mollari boqilayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 290-sonli Qaroriga asosan zarar miqdori hisoblandi. Shuningdek, to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Dehqonobod tuman prokuraturasiga yuborildi.
