"Quyi Amudaryo" davlat biosfera rezervati
2025-05-01 00:00:00 / Qoriqxonalar

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Amudaryo etaklari Tuyamo‘yin va Orol dengizi o‘rtasida, daryoning quyi oqimida joylashgan allyuvial tekislikning keng hududini o‘z ichiga oladi. Ushbu tekislik shimolda Orol dengizigacha boradi, g‘arbda Ustyurt platosi chinki, janubda Zangiuz Qoraqumi, sharqdan Qizilqum cho‘li bilan chegaralangan. Shuningdek, Xorazm viloyatining Gurlan tumani, Beruniy tumani va Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shaxridan 90 km, Beruniy tumani markazidan 44 km uzoqlikda joylashgan.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining umumiy maydoni 68717,8 gektarni tashkiletadi. Hudud 3 zonaga bo‘lingan, qo‘riqxona 11568,3 gektar, bufer 6731,4 gektar va o‘tish 50418,1 gektardan iborat.
Tabiiy sharoiti: Bu hududning iqlimi keskin kontinental. Qishlari mo‘tadil sovuq
va qorli. Absalyut minimum – 26oC ga teng bo‘lganda, yanvarning o‘rtacha harorati noldan 4-5oC pastni tashkil qiladi. Yozi issiq haroratning absalyut maksimumi +42,6oS. Bu oblast asosan bahor va kuzda o‘rtacha 80mm yog‘in yog‘adigan Markaziy Osiyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan hisoblanadi.
O‘simlik turlari va soni: Hududda o‘simliklarning 419 ga yaqin turlari mutaxassislar tomonidan kuzatilgan.
Yovvoyi hayvonlar turlari va soni: Hududda 348 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan 41 turdagi baliqlar, 2 ta amfibiyalar, 24 ta sudralib yuruvchilar, 243 ta qushlar (migratsiya qiluvchilar bilan) va 38 ta sutemizuvchilar ro‘yxatga olingan. Shulardan, baliqlarning 10 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, qushlarning 14 turi va sutemizuvchilarning 4 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilgan, 18 tur esa Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.
Ekoturizm maskanlari: Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi, biosfera rezervatida 3 ta ekoturistik marshrut yo‘nalishlari mavjud.
Shundan:
-№1 marshrut. Sayyohlar biosfera rezervatining ma'muriy binosida joylashgan muzeyi hamda “Buxoro bug‘usi saqlanayotgan parvarishxona (vol'er) bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. (marshrut uzinligi 1,5-2 km)
-№2 marshrut Sayyohlar biosfera rezervatining ma'muriy binosida joylashgan muzeyni ekskursiyasi, “Buxoro bug‘usi saqlanayotgan parvarishxona (vol'er)ni tomosha qilish va sayohat davomida Amudaryo daryosi landshafti, to‘qayning florasi va faunasi bilan yaqindan tanishishlari hamda bu yerda ko‘paytirilayotgan noyob turlardan “Buxoro bug‘usi” populyasiyasini bevosita kuzatish mumkin. (marshrut uzinligi 10-12 km).
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati atrofiga yaqin bo‘lgan Amudaryo tumanidagi “Xon saroy” mexmonxonasi faoliyat olib bormoqda.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ma'muriy binosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Oltinsoy”.






