“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi
2025-04-01 00:00:00 / Qoriqxonalar

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasining hududi “Sudochye ko‘llar tizimi” uchastkasi va “Akpetki” uchastkalari kabi tabiiy hududlardan tashkil topgan, umumiy yer maydoni 280 507 ga, shundan: “Sudochye ko‘llar tizimi” uchastkasi 84 702 ga, “Akpetki”uchastkasi 195 805 ga. Buyurtma qo‘rikxonasi qo‘riqlanma zonasining jami yer maydoni 442 223 ga, shundan: “Sudochye ko‘llar tizimi” uchastkasida 52 938 ga, “Akpetki” uchastkasida 389 285 gektardan iborat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir tumanlari hududida joylashgan.
«Sudochye ko‘llar tizimi» uchastkasi. Mazkur obyekt tipik delta ko‘li hisoblanadi. Ko‘l akvatoriyasi va uni g‘arbidagi Ustyurt platosi chinki hududning yuqori biologik xilma-xilligini belgilaydi va betakror go‘zalligini taʼminlaydi. Sudochye ko‘li va unga tutash tekisliklarni saqlash cho‘llanib borayotgan hozirgi Amudaryo deltasi hududida landshaft xilmaxillikni saqlashga yordam beradi.
Hududda tabiiy faunistik komplekslarga xos suv-botqoq hududlar va cho‘l uchastkalardan iborat 2 ta asosiy ekotizim turi mavjud. Mazkur hudud Ustyurt platosiga tutash bo‘lgan katta sayoz chuchuk va sho‘r ko‘llarni, qalin qamishzorlar va butazorlarni, sho‘rlangan yerlarni, botqoq uchastkalar, ekilgan saksovullar, kanallar, chink jarliklaridagi cho‘llar va yarim cho‘llardan iborat bo‘lib o‘ziga xos o‘simlikliklar o‘sadigan va hayvonolar yashaydigan muhit hisoblanadi.
Faunasi: Bu yerda 117 tur qushlar in qo‘yadi. Hudud global xavf ostida bo‘lgan ko‘chib yuruvchi qush turlariga uya qurish va to‘planishi uchun muhim joy bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘lda va Ustyurt platosi chinkida yashaydigan qushlardan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga va Halqaro Qizil ro‘yxatlarga kiritilganlari ham bir qanchani tashkil etadi. Shulardan oqbosh o‘rdak (savka), dasht miqqiysi (stepnaya pustelga), qizil g‘oz (rozoviy flamingo), jingalak saqoqush (kudryaviy pelikan), itolg‘i (bolabon), yo‘rg‘a tuvaloq (drofa krasotka) va boshqalar, Qizil kitobga kirtilgan va endemik baliqlardan turkiston mo‘ylovli balig‘i, oq ko‘zli baliq, sudralib yuruvchilardan bo‘z echkemar, o‘rtaosiyo cho‘l toshbaqasi va boshqa hayvonot turlarini keltirish mumkin.
“Akpetki” uchastkasi.
Hududda ko‘l-to‘qaylar majmuasi va cho‘l ekotizimlari mavjud. Ko‘l-to‘qay fauna kompleksiga xos bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlarning 10 turi, qushlarning 19 turi mavjud.Cho‘l ekotizimida (qumlik va sho‘rlangan cho‘l) sut emizuvchilarning 26 turi, qushlarning 21turi, sudralib yuruvchilarning 22 turi hayot kechiradi. Hudu dda dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, umurtqali hayvonlarning noyob va global xavf ostida bo‘lgan 18 turi qayd etilgan.
Hududda O‘zbekiston Qizil Kitobiga va Halqaro qizil ro‘yhatga kiritilgan qushlarning quyidagi turlari uchraydi; jingalak saqoqush (kudryaviy pelikan), qizil saqoqush (rozoviy pelikan), qizil g‘oz (rozoviy flamingo), qoravoy (karavayka), vishildoq oqqush (lebed-shipun) va boshqa qush va sutemizuvchi hayvonlar kuzatish mumkin.
2022-yil quriqxonaning Sudochye uchastkasida turistlar uchun turistik maskan barpo etildi. Sudochye ko‘li bo‘yida Maxaliy va xorijiy turistlarni jalb etish uchun tomosha maydonchalari, ayvonchalar, o‘tovlar va boshqalar barpo etilgan. Turistik maskanda turistlar atrof muxitni kuzatish va Urgadagi qadimiy binolarni, kuldagi ajoyib flamingo qushlarini tomosha kilishi mumkun.
Flamingo qushlari Sudochye kulidan uchib utish, uzoq safar oldidan oziqlanish uchun foydalanadi. Flamingolarning asosiy ozuqasi mayda qizil artemiya va uning tuxumi sanaladi. Bundan tashqari flamingolar mollyuskalar, xasharotlar lichinkalari va qurt-qumursqa bilan xam oziqlanadi. Ular ozuqasini suvning sayez joylaridan qidiradi. Flamingo qushlari baxorning mart oyida uchib kelishadi va kuzning noyabr oyida uchib ketishadi. Shu 9 oy ichida turistlar flamingolarni tomosha kiladi. Qo‘riqxona hududiga tutash joylarda yirik aholi punktlaridan Raushan qishlog‘i 75 km va Qarajar qishlog‘i 70 kmda joylashgan.
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Ko‘rikxona manzili: Nukus tumani, “Samanboy” OFY, Kaxramon ko‘chasi, 21 uyda joylashgan.



