"Chotqol" davlat biosfera qo‘riqxonasi
2025-05-01 00:00:00 / Qoriqxonalar

Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi G‘arbiy Tyan-Shanning g‘arbiy va shimoliy yon bag‘irlari Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan. Qo‘riqxona Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududida dengiz sathidan 1500 m.dan 3900 m.gacha balandlikda joylashgan bo‘lib, shimol va shimoliy g‘arbdan Buruchmullo o‘rmon xo‘jaligi, janubiy sharqdan Oxangaron tumani bilan, sharqdan esa Namangan viloyatining Chortoq tumanlari bilanchegaradosh.
Qo‘riqxona umumiy maydoni 24 706 gektarni tashkil etadi. Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi maʼmuriy binosi Toshkent shaxridan 35 km uzoqlikda, qo‘riqxona xududi esa Parkent tumanidan 70 km uzoqlikda joylashgan.
Tabiiy sharoiti: Qo‘riqxonaning Turon iqlimiy rayoniga mansub bo‘lgan, subtropik mintaqadan moʻtadil mintaqaga o‘tish zonasida joylashishi, qo‘riqxona joylashgan hudud iqlimini belgilovchi omillarning asosiysi hisoblanadi. Qo‘riqxona hududi kenglikda joylashganligi sababli ko‘p miqdorda quyosh radiatsiyasini oladi, ularning nisbiy qiymati yiliga 135 kkal/sm ga yaqinlashadi.
Florasi: Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida yuksak o‘simliklarning
70 oilasiga mansub 770 tur va kenja tur o‘simliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 25 turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Faunasi: Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida umurtqali hayvonlarning 166 turi uchrashi kuzatilgan. Shu jumladan, sut emizuvchilarning 29 turi Qushlarning 124 turi, sudralib yuruvchilarning 6 turi, amfibiyalarning 1turi va baliqlarning 6 turi hamda jami umurtqasiz hayvonlarning 1000 dan ortiq turi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob hayvon
va qushlar 20 turni tashkil etadi. Shulardan 2 turi –Qor qoploni (Panthera uncia) va Menzbir sug‘uri (Marmota menzbieri) TMXI “Qizil ro‘yxati” ga kiritilgan.
Ekoturizm maskanlari: Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida qo‘riqlanma xudud mavjud bo‘lmaganligi sababli turizm bo‘yicha tadbirlar “Tashrif Markazi”ga sayohat tashkil etiladi.
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Qo‘riqxona xududiga yaqin bo‘lgan aholi punktlari Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i(70km), Oxangaron tumani Ertosh qishlog‘i (35km).



