Istanbulda transchegaraviy havo ifloslanishiga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026-09-29 17:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan uzoq masofali transchegaraviy havo ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiya (CLRTAP) ish rejasi doirasida, havo ifloslanishi bo‘yicha xalqaro hamkorlikka ixtisoslashgan CICAC guruhi, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP), Iqlim va toza havo koalitsiyasi hamda Turkiya hukumati hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda havo ifloslanishining oldini olish, atmosfera havosi sifatini yaxshilash, transchegaraviy havo ifloslanishiga qarshi kurash hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan ilg‘or tajribalar almashish, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish hamda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




