O‘zingizdan "yashil" iz qoldiring!
2026-09-25 15:05:00 / Yangiliklar

Ma'lumot uchun, “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, respublika miqyosida har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
Aksiyani samarali tashkil etish maqsadida Maxsus komissiyaning tegishli bayoni qabul qilingan. Unga ko‘ra, “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat avtotransportidan foydalanishi odob-axloq va xizmat xulqi qoidalarini buzish bilan tenglashtiriladi. Talablarga rioya qilmaslik intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish hamda jamoat va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Qadrli yurtdoshlar! "Avtomobilsiz kun" aksiyasida faol qatnashing! Shaxsiy avtomobilingizni uyda qoldirib, jamoat transportidan foydalaning. Bu nafaqat atrof-muhit, balki o‘zingiz va yaqinlaringizning salomatligi uchun ham muhimdir.
