Samarqandda fuqarolar murojaatini o‘rganishga to‘sqinlik qilinmoqda
2026-09-24 15:15:00 / Yangiliklar

Holat yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya xodimlari tegishli tashkilotlarni xabardor qilgan holda «T.K.» korxonasi hududiga borishdi. Korxona atrofi o‘rganilganida, rostdan ham, atmosferaga zararli tutunlar chiqarayotganligi, shuningdek, qurilish chiqindilari korxona tashqarisiga, belgilanmagan joyga tashlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Xodimlarning korxona hududiga kirishiga to‘sqinlik qilindi, korxona rahbarlari esa qo‘ng‘iroqlarga javob berishmadi.
Bu borada bir qancha mas’ullarga, xususan, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligiga ham murojaat qilindi, ammo hozirga qadar hech qanday natija bo‘lmadi. Tekshirish qonuniy ekani va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsman xabardor qilinganiga qaramay, korxona rahbariyati qonunga xilof ravishda tekshiruvga to‘sqinlik qilmoqda.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida bayonnoma rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, korxona faoliyatini o‘rganish yuzasidan sudga ariza kiritilmoqda.
