Ekologiya qo‘mitasi "Xalqaro avtomobilsiz kun"da faol ishtirok etdi
2026-09-22 17:30:00 / Yangiliklar

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov xizmat avtomobilidan voz kechib, velosipeddan foydalandi. Qo‘mita xodimlari ham ishga avtobus va metroda kelishdi.
Ma'lumot uchun, Ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan yurtimizda har oyning 10 va 25-sanalarida "Avtomobilsiz kun" va "Avtomobilsiz hafta" aksiyalari o‘tkaziladi. Bunda xizmat avtomobillaridan voz kechiladi va jamoat hamda "yashil" transport vositalaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratiladi.
Transport vositalari atmosferaga zararli tashlama chiqaradigan doimiy manba ekanligini inobatga olsak, bir kunga avtomobillardan voz kechish havoga chiqariladigan tashlamalarni keskin kamaytirishga imkon beradi. Shunday ekan, Ekologiya qo‘mitasi yurtdoshlarimizni "Avtomobilsiz kun" aksiyalarida doimo faol ishtirok etishga chaqiradi.






