Mirishkorda baliqlar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi
2026-09-21 12:00:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Mirishkor tumani Bo‘ston MFY hududidagi kollektorda fuqaro Sh.B. rezina qayiq va taqiqlangan leskali to‘rlar yordamida baliq ovlaganligi aniqlandi. Xususan, huquqbuzar tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 5 dona Turkiston mo‘ylovdori, shuningdek, 11 dona zog‘ora baliq, 1 dona oddiy laqqa va 1 dona kumushtovon balig‘i noqonuniy ovlangan.
Mazkur qonunbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 62 million 480 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan ashyoviy dalil sifatida 1 dona rezina qayiq, 4 dona leskali to‘r, 2 dona qo‘lbola eshkak hamda noqonuniy ovlangan baliqlar belgilangan tartibda olib qo‘yildi. To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


