Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi
2026-09-18 14:20:00 / Yangiliklar

Xususan, Belarus Respublikasining “Peleng” OAJ bilan tuzilgan memorandum zamonaviy gidrometeorologik uskunalar va o‘lchov vositalarini sinovdan o‘tkazish, aprobatsiya qilish, texnik baholash va amaliyotga joriy etish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti o‘rtasida ham hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu memorandumdan asosiy maqsad respublika hududida hamda boshqa davlatlarning tog‘li hududlarida joylashgan qor qoplami, muzliklar, ko‘llar va daryolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda dala-ekspeditsiya ishlarini hamkorlikda amalga oshirishdan iborat.
Bundan tashqari, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida ham hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining meteorologik va gidrometeorologik xavflardan ko‘riladigan zararlarini baholash hamda sug‘urta mexanizmlarini ilmiy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlashdir.
Mazkur memorandumlar gidrometeorologiya sohasida xalqaro va mahalliy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda iqlim xavflariga qarshi ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.




