Tabiatga munosabatni o‘zgartirish milliy yuksalishning asosiy dasturlaridan biri sifatida belgilandi
2026-09-17 12:00:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joizki, Prezident o’z nutqida barcha sohalar kabi atrof-muhitni muhofaza qilishga ham alohida e’tibor qaratgan. Xususan, kelgusi o‘n yillik mamlakat tarixida yangi, hal qiluvchi bosqich — milliy yuksalish davri deb e’lon qilindi va milliy yuksalishning yettita dasturi belgilab berildi. Suv va tabiatga munosabatni o’zgartirish ham ana shu dasturlar qatoriga kiritildi. Qolaversa, ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkazish, tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lamini 30 foizga yetkazish maqsadi ta’kidlangan.
To‘plamda ma’ruzada ilgari surilgan asosiy fikr-mulohazalar, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan ustuvor g‘oyalari va tashabbuslar tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda ifodalangan. Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.
To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi.
