"Green University"da malaka oshirish kursiga qabul boshlandi
2026-09-14 16:00:00 / Yangiliklar

Kurs Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan olib boriladi. Mashg‘ulotlar 21-sentabrda boshlanib, kurs 1 oy davom etadi.
Dastur davomida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, atrof-muhitga ta’sirni baholash, davlat ekologik ekspertizasi, skrining va skouping, strategik ekologik baholash, atmosfera havosi, suv va yer resurslarini muhofaza qilish, bioxilma-xillik, chiqindilarni boshqarish hamda ekologik tartibga solishning boshqa yo‘nalishlari o‘rganiladi.
Shuningdek, kurs doirasida amaliy mashg‘ulotlar va yakuniy attestatsiya o‘tkaziladi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 94 683-93-64
+998 94 074-77-33
📧 ekomarkaz@exat.uz
🌐 www.ecomarkaz.uz
📱 @Ekmarkazarizabot
Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon mahallasi, Chimkent ko‘chasi, 2-uy.
