“Green Games” va marafonlarda faol ishtirok eting!
2026-09-14 14:10:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamkorligida 19-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, “Ekologiya va velosport” musobaqasi hamda 20-sentabr — Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab (“World cleanup day”) “Green Games” respublika plogging musobaqasi o‘tkaziladi.

Shuningdek, 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun doirasida erkaklar oʻrtasida “Salomatlik sari yoʻl” velomarafoni, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida turli masofalarga xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlar elektroskuter, elektrosamokat va velosipedlar bilan taqdirlanadi.
Marafon va musobaqalar haqida batafsil ma'lumot olish hamda ishtirok etish uchun +998(94)507-27-72, +998(93)979-00-35 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Barchangizni musobaqalarda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Atrof-muhitni asrash va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
