O‘zbekiston va Qozog‘iston ekologik ekspertizada eng yaxshi texnologiyalarni qo‘llashda hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-09-11 17:15:00 / Yangiliklar

Qozog‘iston delegatsiyasiga “Xalqaro yashil texnologiyalar va investitsiya loyihalari markazi” milliy aksiyadorlik jamiyati Eng yaxshi qulay texnikalar byurosi boshqaruvchi direktori — byuro rahbari K. B. Masenov hamda Monitoring, tahlil va kompleks ekologik ruxsatnomalar boshqarmasi rahbari Abilayxon Talg‘atov vakillik qildi.
Uchrashuvda Qozog‘istonning sanoatni eng yaxshi qulay texnikalar tamoyillariga o‘tkazish bo‘yicha amaliy tajribasiga e’tibor qaratildi. Qozog‘istonlik ekspertlar korxonalarda kompleks texnologik audit o‘tkazish mexanizmlari, tarmoq ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish yondashuvlari, shuningdek, eng yaxshi qulay texnikalar bo‘yicha ma’lumotnomalarni ishlab chiqish va qo‘llash jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Turli sanoat tarmoqlari uchun texnologik va ekologik ko‘rsatkichlarni belgilash hamda ulardan korxonalarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishda foydalanishning amaliy jihatlari alohida qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston tomoni atrof-muhitga ta’sirni baholash va davlat ekologik ekspertizasi tizimini takomillashtirish, shuningdek, eng yaxshi qulay texnikalarni joriy etishning milliy mexanizmlarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni taqdim etdi.
Uchrashuvda eng yaxshi qulay texnikalar bo‘yicha raqamli platforma yaratish bo‘yicha qo‘shma loyiha muhokama qilindi. Tomonlar loyihani amalga oshirishning mumkin bo‘lgan algoritmini, jumladan, yagona texnologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, eng yaxshi qulay texnikalar bo‘yicha ma’lumotnomalarni raqamlashtirish va korxonalarda qo‘llanilayotgan texnologiyalarni qiyosiy tahlil qilish vositalarini yaratish masalalarini ko‘rib chiqishdi. Bunday platforma texnologik jarayonlar va ekologik ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish, qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirish hamda sanoatda eng yaxshi qulay texnikalarni yanada keng joriy etish uchun raqamli asos yaratish imkonini berishi kutilmoqda.
Ishchi dastur "Green University" platformasida davom ettirilib, unda soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida fikr almashildi. Ishtirokchilar eng yaxshi qulay texnikalarni joriy etish nafaqat ekologik me’yorlash vositasi, balki sanoatni texnologik modernizatsiya qilish, resurs va energiya samaradorligini oshirish, chiqindilar va oqova suvlar tashlamalarini kamaytirish, shuningdek, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish mexanizmi sifatida ham ko‘rib chiqilishi lozimligini ta’kidlashdi.
Qozog‘iston bilan tajriba almashish O‘zbekistonda eng yaxshi qulay texnikalarning milliy tizimini shakllantirishda amaliyotda sinovdan o‘tgan yechimlarni hisobga olish hamda ekologik tartibga solishning yanada texnologik va profilaktik modeliga o‘tish imkonini beradi.





