Me'yoriy hujjatlar loyihalarini muhokamadan o'tkazish
2026-08-27 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 178-sonli qarori bilan Ayrim sohalarda qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash Rejasi tasdiqlangan bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik audit to‘g‘risida”gi Qonuni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha hisobot ishlab chiqildi.
Shunga ko‘ra, mazkur hisobot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi “Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5025-sonli qarori talablari asosida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Takliflaringizni 10 kun ichida info@eco.gov.uz elektron manzili orqali yuborishingiz mumkin!
Batafsil quyidagi havolada
