"ARTepa"da ekologiya va atrof-muhitdagi o‘zgarishlar muhokama qilindi
2026-08-26 16:10:00 / Yangiliklar
Astronomiya bog‘idagi "ARTepa" galereyasida rassom va rejissyor Saodat Ismoilova bilan ekologiya va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv (artist talk) bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Saodat Ismoilova o‘zining badiiy tadqiqotini taqdim etdi. U Orol dengizi, Amudaryo va yo‘qolib ketgan Turon yo‘lbarsining izlari mavzusiga murojaat qildi. U kino, arxiv materiallari va og‘zaki hikoyalar orqali ekologik o‘zgarishlar nafaqat tabiat va hududlarga, balki inson xotirasi, tasavvuri va dunyoni idrok etishiga ham qanday ta’sir ko‘rsatishini tadqiq etadi.
Tadbir Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi "Green University" qoshidagi "ARTepa" galereyasi hamda "Art Station" tomonidan DAVRA tadqiqot guruhi bilan hamkorlikda, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida, Markaziy Osiyo san’ati va madaniyati dasturi (CAACP) doirasida tashkil etildi.









