15-avgustdan ayrim qushlarini ovlashga ruxsat berildi
2026-08-25 17:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, kaptar, churrak, bedana va balchiqchi qushlar uchun belgilangan ov muddatlari doirasida ov qilish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha qush va yovvoyi hayvon turlarini ovlash muddati bir xil emas. Har bir turning ovlanish muddati va me’yorlari amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan.
Shu sababli ovga chiqishdan avval ruxsat etilgan muddat, ov hududi va belgilangan me’yorlar bilan tanishib chiqish muhim.
Ov faqat tegishli ruxsatnoma va ovchilik yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi. Ruxsat etilmagan hududlarda ov qilish, belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik yoki belgilangan miqdordan ortiq hayvon va qushlarni ovlash qonunbuzarlik hisoblanadi.
Shuningdek, ov jarayonida qurol va o‘q-dorilardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, tabiatga zarar yetkazmaslik hamda chiqindilarni qoldirmaslik har bir ovchining mas’uliyatidir.



