Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga munosib hissa qo‘shgan ekologlar mukofotlandi
2026-08-23 13:30:00 / Yangiliklar

Mukofotlanganlar orasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida samarali mehnat qilib, tabiatni asrash, bioxilma-xillikni saqlash hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash yo‘nalishlarida munosib xizmat ko‘rsatgan fidoyi mutaxassislar ham bor.
Jumladan, O‘rmon xo‘jaligi agentligining cho‘llanishga qarshi kurashish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash bo‘limi sobiq bosh mutaxassisi Talipov Xodjimurat Mirazimovich (marhum), Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i fan va atrof-muhit monitoringi bo‘limi boshlig‘i Marmazinskaya Natalya Vladimirovna hamda “Ugom-Chotqol” davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktori Mirzaqulov Ummatqul Mamatqulovich “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Rais Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya qo‘mitasi jamoasi Marmazinskaya Natalya Vladimirovna hamda Mirzaqulov Ummatqul Mamatqulovichni yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, soha rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorlik bildiradi, shuningdek, sohada o'chmas iz qoldirgan marhum Talipov Xodjimurat Mirazimovichning xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etadi.
