Xonqada huquqbuzar 27 million so'mdan ortiq tovon to'laydigan bo'ldi
2024-09-09 16:35:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.
Reyd davomida fuqaro T.B. tomonidan 4 tup pavloniya daraxtini qonunga zid tarzda kesganlik holati aniqlandi. Natijada tabiatga 10 mln 880 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 17 million so'm miqdorida jarimaga tortildi.
Ma'lumot uchun, respublikamiz bo'ylab tabiatga zarar yetkazishga qarshi doimiy reyd tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Shuningdek, o'simliklarni noqonuniy kesish qat'iyan man etiladi. Agar bu kabi huquqbuzarliklar sodir etilsa, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.