Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga chora ko'rildi
2026-08-14 17:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, Qarshi shahrining "Shoxbekat" MFY hududida fuqarolar Sh.R, X.N, V.M va Sh.B, "Roguzar" MFYda J.E hamda Qarshi tumanining "Shoyxuja" MFY hududida fuqaro H.H tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holatlari sodir etilganligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur huquqbuzarliklarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 91Prim 1-moddasi 1-qismi va 2-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Fuqaro Sh.Rga nisbatan 4 120 000 so'm, qolgan fuqarolarga esa 1 236 000 so'mdan jarima belgilandi.
Bugungi kunda onlayn kuzatuv kameralari respublikamizning deyarli barcha hududlarida o'rnatilgan bo'lib, ular nafaqat noqonuniy chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qilmoqda.


