Toshkent viloyatida qum-shag'al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
2026-08-10 18:10:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida Yangiyo'l tumani Qushyog'och mahallasi hududida tosh maydalash sexi yaqinida qum-shag'al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Noqonuniy qazib olingan qum-shag'al aralashmasining hajmini aniqlash maqsadida o'lchov ishlariga marksheyder mutaxassislar jalb etildi.
Shuningdek, noqonuniy qazib olingan qum-shag'al aralashmasini tashishda foydalanilgan transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan to'plangan hujjatlar huquqiy baho berish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko'rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.
