"Avtomobilsiz kun": Qo'mita xodimlari jamoat transportini tanlamoqda
2026-08-10 14:45:00 / Yangiliklar

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi "Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida "Avtomobilsiz kun" hamda "Avtomobilsiz hafta" aksiyalari o'tkazib kelinmoqda.
Mazkur tashabbuslar avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish, atmosfera havosi sifatini yaxshilash hamda jamoat va ekologik toza transportdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi davlat va xususiy tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimizning barcha fuqarolarini ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashga, imkon qadar shaxsiy avtomobildan voz kechib, jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologik toza transport turlaridan kengroq foydalanishga chaqiradi.
