Soz bo'ktargisi va suv targ'oq mutaxassislar obyektivida
2026-08-10 10:00:00 / Yangiliklar

Soz bo'ktargisi asosan botqoqliklar, ko'llar, qamishzorlar hamda boshqa suv-botqoq hududlari yaqinida yashaydi. O'lja izlash jarayonida o'simliklar ustidan pastlab uchib, mayda sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar va boshqa jonivorlarni kuzatadi.
Suv targ'oq qushlarning uya quruvchi turlaridan biri hisoblanadi. U Amudaryo qirg'oqlari va to'qayzorlar orasida joylashgan suv havzalari bo'yida uya quradi. Odatda uyasida 2-4 ta tuxum bo'lib, ularni 21-23 kun davomida bosib yotadi. Uning oziqlanish ratsionining asosiy qismini hasharotlar tashkil etadi.
Ma'lumot uchun: Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 2011-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida tashkil etilgan. Ilmiy xodimlar ma'lumotlariga ko'ra rezervat hududida qushlarning 246 turi qayd etilgan.
Bunday tabiiy hududlarni asrash qushlarning yashash joylarini muhofaza qilish va ularning tur xilma-xilligini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.




