Ekologik ekspertiza endi faqat ruxsat berish emas – ekologik xavflarni oldindan boshqarish tizimiga aylanmoqda
2026-08-06 10:00:00 / Matbuot anjumanlari

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qoֹ‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ekologiya sohasi mutaxassislari, loyiha ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar,OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida mamlakatimizda ekologikxavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilonafoydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirnikamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridanbiriga aylanayotgani alohida ta’kidlandi.
– Mazkur qaror bilan davlat ekologik ekspertizasi vaatrof-muhitga ta’sirni baholash, jamoatchilik eshituvlariva jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, strategikekologik baholash hamda ekologik hujjatlarni ishlabchiquvchilar faoliyatini tartibga solishning yangimexanizmlari belgilandi, – deydi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘.Muxamedov. – Ushbu qarorni ishlab chiqishda Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Kanada, AQSh, Turkiya, Gruziya, Singapur, RossiyaFederatsiyasi va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarningekologik ekspertiza sohadagi qonunchiligi hamdaamaliyoti o‘rganildi.
Tadbirda yangi qaror bilan atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimi xalqaro yondashuvlar asosida takomillashtirilgani, loyihalar xavflilik darajasiga qarab baholanishi, skrining va skoping bosqichlari joriy etilishi, uglerod izi va issiqxona gazlari emissiyasini baholash, jamoatchilik ishtiroki hamda loyiha ishlab chiquvchilarning mas’uliyati kuchaytirilishi haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani yakunida soha mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.


