Rasmiy munosabat!
2026-08-04 12:10:00 / Yangiliklar

Ayni damda Ekologiya milliy qo'mitasi Ekopolitsiyasi, Bosh prokuratura, viloyat hokimligi hamda ekologiya hududiy bosh boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh vaziyat yuzasidan o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bu ishlar hech qanday ruxsatsiz, ekologiya xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay amalga oshirilgan.
Ayni damda daraxtlarga yetkazilgan ekologik zarar miqdorini aniqlash, qurilish ishlarining amaldagi ekologik qonunchilik talablariga muvofiqligiga huquqiy baho berish hamda aybdor shaxslarni belgilashga doir o'rganishlar olib borilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, 11 tup qariyb 100 yillik Zarafshon archasi qo'porilgani aniqlangan. To'liq o'rganish natijalaridan so'ng huquqbuzarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qat'iy choralar qo'llanadi hamda bu haqda jamoatchilikka qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.





