2-avgust — Bug‘u kuni
2026-08-02 12:30:00 / Yangiliklar

Bug‘ular bioxilma-xillikni saqlash va ekologik muvozanatni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Biroq bugungi kunda ularning ko‘plab turlari yashash muhitining qisqarishi, iqlim o‘zgarishi, noqonuniy ov hamda boshqa omillar tufayli xavf ostida qolmoqda.
O‘zbekistonda Buxoro bug‘usi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u bug‘ular oilasining noyob vakillaridan hisoblanadi va O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Qizil roʻyxatiga "yoʻqolib ketish xavfi ostidagi" maxsus maqom bilan kiritilgan. Tur transchegaraviy koʻchib yuruvchi hayvon hisoblangani uchun Bonn konvensiyasi va yovvoyi hayvonlar savdosini cheklovchi CITES (II Ilova) xalqaro shartnomalari bilan himoya qilinadi.
Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvargacha Buxoro bugʻusi va boshqa bir qator noyob hayvonlarni ovlash butunlay taqiqlangan. Bioxilma-xillikni asrash, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish hamda to‘qay o‘rmonlarini tiklashga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalari tufayli ushbu noyob hayvonning soni bosqichma-bosqich tiklanib bormoqda.
Bug‘u kuni tabiatga ehtiyotkorona munosabat har bir insonning umumiy mas’uliyati ekanini yana bir bor eslatadi. Noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarni asrash kelajak avlodlar uchun tabiiy merosni saqlab qolish hamda ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
